CHET EL KOMPANIYALARI AKSIYALARIGA
HALOL INVESTITSIYA

Aksiyalarga muvaffaqiyatli investitsiya qilishni noldan boshlab professional darajada o’rgatuvchi amaliy onlayn kurs

UPLIFT Invest mualliflari

Bilim olishga kiritilgan sarmoya hech qachon ortiqcha bo'lmaydi. Boyligingizni ko'paytirish uchun bilimga sarmoya kiriting.

Bu kurs siz uchun

Agar quyidagi maqsadlarga erishmoqchi bo’lsangiz:

Kurs o'quv dasturi

Ushbu kursda o’qiganingizdan so’ng, siz  kuchli bilim asosida sarmoya kiritishni boshlaysiz va boyligingiz halol o’sib borishiga erishasiz.

1-MODUL: Aksiyalarga investitsiya qilish asoslari

MAQSAD: Moliya va investitsiya sohasini yangi o'rganayotganlar boshlang'ich tushunchalarga ega bo'lishlari uchun

Muqaddima
1.1. Investitsiyaning mohiyati
1.2. Moliya tizimi, moliya bozori, va uning tarkibiy qismlari
1.3. Aksiya bozori va uning ishlash jarayoni
1.4. Aksiya bozoriga oid tushuncha va atamalar
1.5. Aksiyaga investitsiya qilish jarayoni
1.6. Aksiyaning afzalliklari
1.7. Aksiya bozori indekslari
1.8. AQSh va boshqa chet mamlakatlar aksiya bozori
1.9. Aksiya sahifasidagi ma'lumot va ko'rsatkichlar mazmuni
1.10. Aksiyalardan ko'riladigan o'rtacha daromad
1.11. Aksiyalarga investitsiya qilishni qancha pul bilan boshlash
1.12. Murakkab foizning qanday ishlashi
Xulosa

1-modul bo'yicha test va vazifalar

2-MODUL: Brokerdan hisobraqam ochish va platformada ishlash

MAQSAD: Aksiya savdosi uchun broker hisobraqamini ochish va platformasidan samarali foydalanishni o'rganish

Muqaddima
2.1. Broker va uning funksiyalari
2.2. Brokerning xizmat haqlari va shariy taqiqlangan xizmatlar
2.3. Ishonchli va sifatli broker tanlash
2.4. Interactive Brokers brokerlik kompaniyasidan ro'yxatdan o'tish
2.5. Interactive Brokers saytidan foydalanish
2.6. Interactive Brokers TWS platformasini sozlash va undan foydalanish
2.7. Interactive Brokers hisobraqamiga depozit qilish va pul yechib olish
2.8. TD Ameritrade brokerlik kompaniyasidan hisobraqam ochish uchun qo'llanma

3-MODUL: Moliyaviy hisobotlar

MAQSAD: Asosiy moliyaviy hisobot shakllarining tuzilishi va mazmunini o'rganish

Muqaddima
3.1. Buxgalteriya hisobi o'zi nima?
3.2. Moliyaviy davr
3.3. Buxgalteriya tenglamasi haqida umumiy tushuncha
3.4. Buxgalteriya tenglamasi: Aktivlar
3.5. Buxgalteriya tenglamasi: Majburiyatlar
3.6. Buxgalteriya tenglamasi: Kapital
3.7. Hisobot standardlari
3.8. Debet va Kredit
3.9. Hisoblash usuli va naqd pul usuli
3.10. Amortizatsiya
3.11. Daromad hisoboti
3.12. Balans hisoboti
3.13. Pul oqimlari hisoboti
3.14. Yillik (10-K) va choraklik (10-Q) hisobotlar

4-MODUL: Aksiyalarga halol investitsiya qilish

MAQSAD: Shariat me'zonlariga amal qilgan holda aksiyalarga halol investitsiya qilish qoidalarini o'rganish.

Kirish va umumiy talablar:
4.1. Aksiyalarga egalik qilish joizmi?
4.2. Aksiyalarni shariatga muvofiqligini tekshirish uchun turli standardlar
4.3. AAOIFI tashkiloti va uning Shariat Standardi
4.4. Aksiya shariatga muvofiq (halol) bo'lishi uchun umumiy talablar

Islomda taqiqlangan faoliyat, mulk, va amaliyotlar:
4.5. Islomda taqiqlangan biznes faoliyatlar
4.6. Islomda taqiqlangan daromad turlari
4.7. Islomda taqiqlangan aktiv turlari
4.8. Islomda taqiqlangan majburiyat turlari
4.9. Islomda taqiqlangan amaliyot turlari

Aksiya halolligini batafsil tekshirish:
4.10. Kompaniya biznes faoliyati va daromadining shariatga muvofiqligini tekshirish
4.11. Kompaniya moliyaviy ko'rsatkichlarini shariatga muvofiqligini tekshirish
4.12. AAOIFIga kiritilmagan lekin e'tibor berish muhim bo'lgan holatlar
4.13. Bozor kapitallashuvini hisoblashda turli yondashuvlar
4.14. QCOM, AMZN, DAL va boshqalar misolida aksiya halolligini tekshirish

Halol investitsiyada bilish kerak bo'lgan boshqa muhim ma'lumotlar:
4.15. Halol, shubhali, va harom aksiyalar
4.16. Aksiyalardan olingan daromadning harom qismidan voz kechish
4.17. Egalik qiladigan aksiyalardan zakot hisoblash
4.18. Aksiya halol maqomini o'zgartirgan holatlarda qanday yo'l tutish
4.19. Aksiya halolligini tekshiruvchi dastur va saytlar
4.20. T+2 qoidasi va uning mazmuni

Xulosa
4-modul bo'yicha test va vazifalarlar uchun

5-MODUL: Moliyaviy tahlil

MAQSAD: Istalgan kompaniyaning moliyaviy holatini professional tahlil qilish va to'g'ri baholashga erishish

Muqaddima
5.1. Moliyaviy tahlil haqida umumiy tushuncha
5.2. Vertikal va gorizontal tahlil (Apple va Boeing kompaniyalari misolida)
5.3. Turli moliyaviy ko'rsatkichlar tahlili (3 xil raqobatchi kompaniyalar misolida)
5.4. Moliyaviy tahlilda ko'rsatkichlarga baho berish
5.5. Moliyaviy sog'lomlik ko'rsatkichlari tahlili
5.6. Rentabellik ko'rsatkichlari tahlili
5.7. Samaradorlik ko'rsatkichlari tahlili
5.8. O'sish ko'rsatkichlari tahlili
5.9. Baholanish ko'rsatkichlari tahlili
5.10. Barcha ko'rsatkichlarga asoslanib umumiy xulosa berish
Xulosa

6-MODUL: Fundamental tahlil

MAQSAD: Aksiyani har tomonlama chuqur fundamental tahlil qilish va ichki haqiqiy qiymatini aniqlashni o'rganish

Muqaddima
6.1. Fundamental tahlil haqida umumiy tushuncha
6.2. Fundamental tahlildagi yondashuvlar
6.3. Aksiya narxiga ta'sir qiluvchi omillar
6.4. Mamlakat miqyosida fundamental tahlil qilish
- Asosiy makroidtisodiy ko'rsatkichlar
- Makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning aksiya bozoriga ta'siri
6.5. Sanoat miqyosida fundamental tahlil qilish
- Aksiya bozoridagi sektor va sanoatlar
- Sanoat tahlilida e'tibor berish kerak bo'lgan muhim jihatlar
6.6. Kompaniyani fundamental tahlil qilish
- Moliyaviy holati tahlili
- Biznesdagi risklar tahlili
- Raqobatchilar tahlili
- Kompaniyaning ustunlik va kelajagi tahlili
- Baholanish ko'rsatkichlari tahlili
6.7. DCF modeli: Aksiyaning ichki haqiqiy qiymatini aniqlash
6.8. Fundamental tahlil natijalariga umumiy xulosa berish
Xulosa

6-modul bo'yicha test va vazifalar

7-MODUL: Texnik tahlil

MAQSAD: Texnik tahlil bo'yicha asosiy tushuncha va ko'rsatkichlarni o'rganib texnik tahlil qilishni o'rganish

Muqaddima
7.1. Texnik tahlil haqida umumiy tushuncha
7.2. Texnik tahlil uchun o'zingizga mos platforma tanlash
7.3. Tradingview platformasidan foydalanish
7.4. Aksiya grafigida beriladigan ma'lumotlari
7.5. Trend
7.6. Talab va taklif
7.7. Support va resistance
7.8. Fibonacci retracement
7.9. Volume
7.10. EMA
7.11. RSI, MACD
7.12. Bollinger bands
7.13. Yapon shamchalari shakllari tahlili
7.14. Grafik shakllari tahlili
7.15. Umumiy texnik tahlil qilish bosqichlari va real misollar

8-MODUL: Investitsiyada riskni boshqarish

MAQSAD: Aksiya savdosi uchun broker hisobraqamini ochish va samarali foydalanishni o'rganish

Muqaddima
8.1. Investitsiyada risk va uning turlari
8.2. Uzoq va qisqa muddatli investitsiyada risk menejment
8.3. Investorning riskka bardoshlik darajasi
8.4. Aksiyaning risk darajasini aniqlash
8.5. Turli risk darajasiga ega aksiyalarga misollar
8.6. Diversifikatsiya haqida umumiy tushuncha
8.7. Aksiyalar o'rtasidagi korrelyatsiya
8.8. Turli risk darajasi va maqsadlarga ko'ra aksiyalar portfelini tuzish
8.9. Investitsiyada psixologiyaning o'rni va hissiyotni boshqarish

9-MODUL: Aksiyalarga investitsiya qilishda strategiyalar

MAQSAD: O'z maqsadlaringizga mos strategiya bilan muvaffaqiyatli investitsiya qilish

Muqaddima
9.1. Aksiyalarga investitsiya qilishda asosiy strategiya turlari
9.2. Qiymat aksiyalariga investitsiya qilish (value investing)
9.3. Value investing: "Classic", "UP-Value", "UP-Dcf" "Piotroski" strategiyalari
9.4. Warren Buffettning investitsiya strategiyasi
9.5. O'sish aksiyalariga investitsiya qilish (growth investing)
9.6. Growth investing: "Stable", "Hyper", "Small cap", "Canslim" strategiyalari
9.7. Dividend aksiyalariga investitsiya qilish (dividend investing)
9.8. Dividend investing: "Healthy cash", "Dogs", "Kings & Aristocrats" strategiyalari
9.9. Aksiyalarni sotib olishda yondashuvlar

10-MODUL: Bonus va maxsus xizmatlar

MAQSAD: O'rganilgan bilimlarni kurs mualliflari ko'magi bilan yanada yaxshilab borish. Maxsus xizmatlarga ega bo'lish.

Muqaddima
10.1. Yangi investorlar ko'p yo'l qo'yadigan xatolardan saqlanish
10.2. Investitsion reja va strategiya yaratish
10.3. Investitsion reja bo'yicha bosqichma-bosqich amalga oshirish
10.4. Qisqa muddatli savdo strategiyalari: "Fata"
10.5. Halol aksiyalar ro'yxati
10.6. Yopiq telegram guruhga qo'shilish
10.7. Tavsiyadagi aksiyalar bilan tanishib borish

Kurs MUALLIFLARI

Ushbu kurs islom moliyasi va investitsiya sohasida ko’p yillik xalqaro tajribaga ega mutaxassislar tomonidan yaratilgan

Kurs tariflari

Kursda o’qish uchun hozirda Premium ta’rifi mavjud.

Kurs bo’yicha savollaringiz bo’lsa, telegramda @upliftuz_bot ga yozing yoki (78) 113-7273 raqamiga telefon qiling.

Diqqat! Kursning materiallari siz uchun - OMONAT!

Kursni xarid qilganlar faqatgina yaqin oila a’zolari bilan birga foydalanishlari mumkin. Kurs materiallari (videolar, qo’llanmalar, maxsus fayllar)ni tijoriy maqsadda ishlatish, ruxsatsiz do’st va tanishlari bilan ulashish qat’iy taqiqlanadi.

OMONATGA XIYONAT QILMANG! 

Kurs videolaridan na'muna

Kursning barcha videolari yuqori sifatda yozib olingan.
Istalgan kasb egasi oson tushunishi uchun mavzular sodda tilda tushuntirilgan.

KURSNING QISQA STATISTIKASI

45+ soat video darslar

300+ o'quvchilar

4.8 a'lo reyting

10 ta katta modullar

9 ta qo'llanmalar

8 ta maxsus fayllar

KURS HAQIDA o'quvchilar fikri

Quyida kurs bitiruvchilarining kurs haqida fikrlarini o’qishingiz mumkin. Google forms orqali anonim qilingan so’rovnoma natijalari qanday bo’lsa xuddi shunday ko’rsatilgan.

kursning afzalliklari

Bizning kursimiz orqali siz pulga bo’lgan munosabatingizni o’zgartirasiz va kuchli bilimga asoslangan holda investitsiya qilishni boshlaysiz. Boyligingizni halol ko’paytirish va moliyaviy xavfsizligingizni ta’minlash uchun sarmoya kiritasiz.

Ko'p so'raladigan savollar (FAQ)

Kurs to'lovini bo'lib to'lasa bo'ladimi?

Hozirda 6 ga bo'lib to'lash imkoniyati mavjud. Batafsil ma'lumot uchun (78) 113-7273 raqamiga murojaat qiling yoki Telegramdan @upliftuz_bot ga yozing.

Treyding ham o'rgatiladimi?

Hozirgi UPLIFT Invest kursi investitsiya uchun mo'ljallangan va kurs modullarini tugatganingizdan so'ng, maxsus halol treyding modullari ham taqdim qilinadi. Natijada, siz mablag'laringizni ham investitsiyada, ham treydingda oqilona boshqara olasiz.

Video darslar faqat yozib olinganmi?

Asosiy mavzular siz o'zingizga qulay vaqtda ko'rib o'rganishingiz uchun yozib olingan. Unga qo'shimcha ravishda savol-javob va tahlillar uchun jonli efirlar tashkillab boriladi. Ustozlar bilan jonli muloqotda savollaringizga javob topasiz.

Kursda o'qish muddati qancha?

Kurs mavzularini o'rganish o'rtacha 3 oyga mo'ljallangan.

Amaliyot ham bo'ladimi?

Albatta. Kurs mavzulari amaliyot bilan bog'liq ravishda o'rgatiladi. Hamma mavzularni to'liq o'rganib chiqqan bitiruvchilar amaliyot uchun maxsus 'UPLIFT Investorlar' guruhiga qo'shilishadi. Bu guruhda tahlillar, tavsiyalar, real savdolar berib boriladi va yuzlab boshqa investorlar bilan fikr almashib doimiy tajriba orttirib borishadi.

Kursdan keyin qancha daromad qilish mumkin?

Bu sizning mavzularni qay darajada o'zlashtirishingiz va o'z ustingizda ishlashingizga bog'liq. O'rtacha qancha daromad ko'rish mumkinligi haqida ushbu videoni ko'rishni tavsiya qilamiz.

Investitsiyani qancha pul bilan boshlash kerak?

Minimum miqdor chegaralanmagan. Kichik mablag' bilan boshlab, tajriba orttirib keyin kattaroq mablag'ni ($1,000 va undan yuqori) investitsiya qilishni tavsiya qilamiz.

Kursni do'st yoki boshqalar bilan birga olib foydalansa bo'ladimi?

Yo'q. Kurs siz uchun omonat. Kursni faqatgina yaqin oila a'zolari bilan birga foydalanish mumkin. O'rtoq, tanish, va boshqa begonalar bilan kursni birga foydalanish va materiallarni tarqatish taqiqlanadi.

Investitsiya yoki treydingdan qay birini tanlashim kerak?

O'z maqsadlaringiz, riskka bardoshlik darajangiz, va ajratishingiz mumkin bo'lgan vaqtga va boshqa omillarga qarab ikkovidan birini yoki ikkisini ham tanlashingiz mumkin. Batafsil ma'lumot uchun ushbu videoni ko'rishni tavsiya qilamiz.

Kurs kimlar uchun mo'ljallangan; yosh va bilim darajasi uchun maxsus talablar bormi?

Kurs halol investitsiyani noldan boshlab o'rganmoqchi bo'lganlar uchun. Istalgan soha vakillari investitsiyani o'rganib shug'ullanishlari mumkin.

Kursni tamomlagandan so'ng qanday imkoniyatlar bor?

Kursni muvaffaqiyatli tugatib, sinovlardan o'tganlar UPLIFT jamoasiga qo'shilishi mumkin.

Kursni qanday sotib olsam bo'ladi?

O'zbekistonda yashasangiz, invest.uplift.uz saytidan ro'yxatdan o'tib, shu saytda Payme orqali to'lov qilishingiz mumkin. Boshqa usulda to'lov (naqd, plastik karta, va h.k.) qilmoqchi bo'lsangiz yoki chet mamlakatda yashasangiz, Telegramda @upliftuz_bot ga murojaat qiling va batafsil ma'lumot beriladi.

kursda o'qish tartibi

Butun umr sizga foyda keltiruvchi va moliyaviy mustaqillikka erishishga yordam beruvchi kursimizda o’qish imkoniyatini qo’ldan boy bermang!

Kurs bo’yicha savollaringiz bo’lsa, telegramda @upliftuz_bot ga yozing yoki (78) 113-7273 raqamiga telefon qiling.