Chet el kompaniyalari
aksiyalariga halol investitsiya.

Boylik qurish uchun tasodifga emas, bilimga tayaning!

Aksiyalar bozorida xavfsiz investitsiya qilishni noldan boshlab o‘rganing. Bizning amaliy o‘quv dasturimiz sizga bozorni chuqur tahlil qilish, xavflarni minimallashtirish va kapitalingizni barqaror oshirish strategiyalarini o‘rgatadi. 

Moliyaviy erkinlik sari yo‘lingizni hoziroq boshlang – boylik bilim va to‘g‘ri qarorlar orqali yaratiladi!

Bu kurs siz uchun

Agar quyidagi maqsadlarga erishmoqchi bo’lsangiz:

Kurs MUALLIFLARI

Ushbu kurs islom moliyasi va investitsiya sohasida ko’p yillik xalqaro tajribaga ega mutaxassislar tomonidan yaratilgan

Kurs o'quv dasturi

Ushbu kursda o’qiganingizdan so’ng, siz  kuchli bilim asosida sarmoya kiritishni boshlaysiz va boyligingiz halol o’sib borishiga erishasiz.

🔓 1-MODUL: Aksiyalarga investitsiya qilish asoslari

MAQSAD: Moliya va investitsiya sohasini yangi o'rganayotganlar boshlang'ich tushunchalarga ega bo'lishlari uchun

Muqaddima
1.1. Aksiyalarga investitsiya qilish
1.2. Investitsiya qilishning asosiy bosqichlari
1.3. Aksiyalarga investitsiya qilishdan qancha daromad ko'rish mumkin
1.4. Tadbirkorlar va kichik biznes egalarining moliyaviy muammolari
1.5. “Titanik sindromi” nima va u biznes uchun qanday xavf tug'diradi?
1.6. Aksiya bozori qanday ishlashi va investitsiyaning mohiyati
1.7. Aksiyaga oid eng muhim ma'lumotlar
1.8. Bilish kerak bo'lgan moliyaviy ko'rsatkichlar
1.9. Aksiyalarning haloligini aniqlash

1.10. Moliyaviy muammolarga yechim nima?
1.11. Asosiy investitsion strategiyalar

🔒 2-MODUL: Fundamental tahlil

Maqsad:
Fundamental tahlil orqali investitsiyalarni samarali baholash va xavflarni kamaytirish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.

Umumiy tavsif:

Bu modul fundamental tahlilning mohiyati va investitsiyalardagi ahamiyatini tushuntiradi. Kompaniya, sanoat va mamlakat miqyosida tahlil qilish usullarini o‘rganasiz. Miqdoriy va sifat jihatdan baholash metodlari bilan tanishib, real misollar asosida bilimlaringizni mustahkamlaysiz. Shuningdek, aksiyalarning xavf darajasini aniqlash va bozor tendensiyalarini tushunish uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.

🔒 3-MODUL: Aksiyalarga halol investitsiya qilish

Maqsad:
Islomiy moliya tamoyillari asosida aksiyalarga investitsiya qilishning halol yo‘llarini o‘rgatish va taqiqlangan moliyaviy faoliyatlardan qochish bo‘yicha bilim berish.


Umumiy tavsif:
Bu modulda aksiyalarga egalik qilishning shariat nuqtayi nazaridan joizligi va halollik mezonlari tushuntiriladi. AAOIFI shariat standartlari asosida aksiyalarning halolligi uchun zaruriy talablar va islomda taqiqlangan biznes faoliyatlari, daromad manbalari, aktiv, majburiyat va moliyaviy operatsiyalar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Halol investitsiya qilish yo‘nalishlarini o‘rganib, islomiy moliya tamoyillariga mos ravishda to‘g‘ri investitsiya strategiyalarini shakllantirishni o‘rganasiz.

🔒 4-MODUL: Investitsiyada riskni boshqarish va psixologiya.

Maqsad:
Investorlarning riskni tushunishi, uni samarali boshqarishi va investitsiya jarayonida psixologik barqarorlikni saqlash ko‘nikmalarini shakllantirish.


Umumiy tavsif:
Ushbu modulda investitsiyalardagi turli xavf turlari va ularni samarali boshqarish usullari o‘rganiladi. Investorlarning riskga bardoshlik darajasi, diversifikatsiyaning ahamiyati va xavflarni kamaytirish strategiyalari chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, maqsadni to‘g‘ri belgilash, rejalashtirish va investitsiya jarayonida hissiyotni nazorat qilish muhimligi yoritiladi. Modul yakunida siz moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lasiz.

🔒 5-MODUL: Aksiyalarga investitsiya qilishda strategiyalar.

Maqsad:
Investorlarni aksiyalarga investitsiya qilishning turli strategiyalari bilan tanishtirish hamda samarali yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.

Umumiy tavsif:

Ushbu modulda aksiyalarga investitsiya qilishning asosiy strategiyalari, jumladan, qimmat aksiyalar (value investing), o‘sish aksiyalari (growth investing) va dividend aksiyalariga investitsiya qilish (dividend investing) usullari o‘rganiladi. Warren Buffett kabi muvaffaqiyatli investorlarning strategiyalari tahlil qilinadi. Har bir strategiyaning afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, investorlar uchun turli yondashuvlar muhokama qilinadi. Modul yakunida siz o‘z investitsiya strategiyangizni shakllantirish va aksiyalarni ongli ravishda sotib olish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lasiz.

🔒 6-MODUL: Brokerdan hisob ochish va real investitsiyani boshlash

Maqsad:
Investorlarga ishonchli broker tanlash, hisob ochish va real investitsiya jarayonlarini boshlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.


Umumiy tavsif:
Ushbu modulda brokerlarning funksiyalari, ishonchli broker tanlash mezonlari va shariatga mos brokerlik xizmatlari haqida batafsil tushuntiriladi. Interactive Brokers platformasida ro‘yxatdan o‘tish, hisob ochish, depozit kiritish va mablag‘ yechib olish jarayonlari bosqichma-bosqich ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, investitsiya rejasini tuzish, riskni boshqarish va aksiyalar portfelini shakllantirish bo‘yicha amaliy maslahatlar beriladi. Modul yakunida siz real investitsiya jarayoniga mustaqil kirish va intizomli investor sifatida harakat qilish uchun zarur bilim va tajribaga ega bo‘lasiz.

🔒 7-MODUL: Bonus va maxsus xizmatlar

Maqsad: Yangi va tajribasiz investorlarga tez-tez yo‘l qo‘yiladigan xatolarni oldini olish, samarali investitsion rejalar tuzish va professional yondashuv asosida investitsiyalarni boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalar berish.

Umumiy tavsif:
Ushbu modul yangi investorlarga xos xatolarni tahlil qilish va ulardan saqlanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi. Shuningdek, individual investitsion rejani tuzish, bosqichma-bosqich amalga oshirish va qisqa muddatli savdo strategiyalari bilan tanishtiradi. Halol aksiyalar ro‘yxati, yopiq telegram guruhga qo‘shilish va tavsiya etilgan aksiyalar haqida muntazam ma’lumot olish imkoniyati taqdim etiladi. Ushbu bonus modul kurs ishtirokchilarining bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, real bozorga tayyorlash va investitsiyaviy intizomni shakllantirishga qaratilgan.

Kurs bo’yicha savollaringiz bo’lsa, telegramda @upliftuz_bot ga yozing yoki (97) 098-4484 raqamiga telefon qiling.

Bepul video darsliklar

Siz uchun maxsus tayyorlangan ushbu bepul darslik boshlang‘ich ko‘nikmalarga ega bo‘lishingiz va asosiy tushunchalarni mukammal o‘zlashtirishingizga yordam beradi. Barcha mavzular sodda va tushunarli tilda tushuntirilgan bo‘lib, amaliy misollar va foydali tavsiyalar bilan boyitilgan.

FAQAT RAMAZON OYIDA – AJOYIB CHEGIRMA!

Mart oyining 31-sanasigacha Premium tarifni to‘liq sotib olganlarga
maxsus 40% chegirma taqdim etiladi!

🔥 Asl narx: 5,900,000 so‘m

💰 Chegirma narxi: 3,500,000 so‘m

Bu yil davomida faqat bir marta taqdim etiladigan maxsus imkoniyat! Bilimga sarmoya – eng foydali investitsiya! Bugun qadam tashlang, ertaga natija ko‘ring!

KURS HAQIDA o'quvchilar fikri

Quyida kurs bitiruvchilarining kurs haqida fikrlarini o’qishingiz mumkin. Google forms orqali anonim qilingan so’rovnoma natijalari qanday bo’lsa xuddi shunday ko’rsatilgan.

Diqqat! Kursning materiallari siz uchun - OMONAT!

Kursni xarid qilganlar faqatgina yaqin oila a’zolari bilan birga foydalanishlari mumkin. Kurs materiallari (videolar, qo’llanmalar, maxsus fayllar)ni tijoriy maqsadda ishlatish, ruxsatsiz do’st va tanishlari bilan ulashish qat’iy taqiqlanadi.

OMONATGA XIYONAT QILMANG! 

KURSNING QISQA STATISTIKASI

30+ soat video darslar

450+ o'quvchilar

4.8 a'lo reyting

7 ta katta modullar

9 ta qo'llanmalar

8 ta maxsus fayllar

kursning afzalliklari

Bizning kursimiz orqali siz pulga bo’lgan munosabatingizni o’zgartirasiz va kuchli bilimga asoslangan holda investitsiya qilishni boshlaysiz. Boyligingizni halol ko’paytirish va moliyaviy xavfsizligingizni ta’minlash uchun sarmoya kiritasiz.

✅ Tez va oson

Murakkab moliyaviy tushunchalarni soddalashtirilgan usulda o‘rganing.

✅ Amaliy trening

Real bozor sharoitida investitsiya qilishni mashg‘ulotlar orqali o‘zlashtiring.

✅ Shaxsiy mentor

Tajribali ekspertlar qo‘llab-quvvatlashi bilan tez rivojlaning.

✅ Professional natija

Kurs yakunida mustaqil investitsiya qilishni boshlang!

Ko'p so'raladigan savollar (FAQ)

Butun umr sizga foyda keltiruvchi va moliyaviy mustaqillikka erishishga yordam beruvchi kursimizda o’qish imkoniyatini qo’ldan boy bermang!

Kurs to'lovini bo'lib to'lasa bo'ladimi?

Hozirda 3 ga bo'lib to'lash imkoniyati mavjud. Batafsil ma'lumot uchun (78) 113-7273 raqamiga murojaat qiling yoki Telegramdan @upliftuz_bot ga yozing.

Video darslar faqat yozib olinganmi?

Asosiy mavzular siz o'zingizga qulay vaqtda ko'rib o'rganishingiz uchun yozib olingan. Unga qo'shimcha ravishda savol-javob va tahlillar uchun jonli efirlar tashkillab boriladi. Ustozlar bilan jonli muloqotda savollaringizga javob topasiz.

Kursda o'qish muddati qancha?

Kurs mavzularini o'rganish o'rtacha 2 oyga mo'ljallangan,

Amaliyot ham bo'ladimi?

Albatta. Kurs mavzulari amaliyot bilan bog'liq ravishda o'rgatiladi. Hamma mavzularni to'liq o'rganib chiqqan bitiruvchilar amaliyot uchun maxsus 'UPLIFT Investorlar' guruhiga qo'shilishadi. Bu guruhda tahlillar, tavsiyalar, real savdolar berib boriladi va yuzlab boshqa investorlar bilan fikr almashib doimiy tajriba orttirib borishadi.

Kursdan keyin qancha daromad qilish mumkin?

Bu sizning mavzularni qay darajada o'zlashtirishingiz va o'z ustingizda ishlashingizga bog'liq. O'rtacha qancha daromad ko'rish mumkinligi haqida ushbu videoni ko'rishni tavsiya qilamiz.

Investitsiyani qancha pul bilan boshlash kerak?

Minimum miqdor chegaralanmagan. Kichik mablag' bilan boshlab, tajriba orttirib keyin kattaroq mablag'ni ($1,000 va undan yuqori) investitsiya qilishni tavsiya qilamiz.

Kursni do'st yoki boshqalar bilan birga olib foydalansa bo'ladimi?

Yo'q. Kurs siz uchun omonat. Kursni faqatgina yaqin oila a'zolari bilan birga foydalanish mumkin. O'rtoq, tanish, va boshqa begonalar bilan kursni birga foydalanish va materiallarni tarqatish taqiqlanadi.

Investitsiya yoki treydingdan qay birini tanlashim kerak?

O'z maqsadlaringiz, riskka bardoshlik darajangiz, va ajratishingiz mumkin bo'lgan vaqtga va boshqa omillarga qarab ikkovidan birini yoki ikkisini ham tanlashingiz mumkin. Batafsil ma'lumot uchun ushbu videoni ko'rishni tavsiya qilamiz.

Kurs kimlar uchun mo'ljallangan; yosh va bilim darajasi uchun maxsus talablar bormi?

Kurs halol investitsiyani noldan boshlab o'rganmoqchi bo'lganlar uchun. Istalgan soha vakillari investitsiyani o'rganib shug'ullanishlari mumkin.

Kursni tamomlagandan so'ng qanday imkoniyatlar bor?

Kursni muvaffaqiyatli tugatib, sinovlardan o'tganlar UPLIFT jamoasiga qo'shilishi mumkin.

Kursni qanday sotib olsam bo'ladi?

O'zbekistonda yashasangiz, invest.uplift.uz saytidan ro'yxatdan o'tib, shu saytda Payme orqali to'lov qilishingiz mumkin. Boshqa usulda to'lov (naqd, plastik karta, va h.k.) qilmoqchi bo'lsangiz yoki chet mamlakatda yashasangiz, Telegramda @upliftuz_bot ga murojaat qiling va batafsil ma'lumot beriladi.

Kurs bo’yicha savollaringiz bo’lsa, telegramda @upliftuz_bot ga yozing yoki (78) 113-7273 raqamiga telefon qiling.