Skip to content
UPLIFT Invest
  • BOSH SAHIFA
  • RO’YXATDAN O’TISH
  • SHAXSIY KABINET
  • BLOG
  • 0
0 Menu Close
  • BOSH SAHIFA
  • RO’YXATDAN O’TISH
  • SHAXSIY KABINET
  • BLOG
  • View:
  • 12
  • 24
  • All
  • UPLIFT Invest (maxsus 2) Quick View
    • Sale!
      UPLIFT Invest (maxsus 2) Quick View
    • investing
    • UPLIFT Invest (maxsus 2)

    • 3,900,000 сўм Original price was: 3,900,000 сўм.2,340,000 сўмCurrent price is: 2,340,000 сўм.
    • Add to cart
  • UPLIFT Invest (maxsus) Quick View
    • Sale!
      UPLIFT Invest (maxsus) Quick View
    • investing
    • UPLIFT Invest (maxsus)

    • 15,600,000 сўм Original price was: 15,600,000 сўм.9,300,000 сўмCurrent price is: 9,300,000 сўм.
    • Add to cart
Uplift-logo-icon.png

UPLIFT – Moliyaviy va shaxsiy rivojlanishda yanada yuqori pog’onaga ko’tariling!

IJTIMOIY TARMOQLARDA KUZATIB BORING

uplift.uz

Valyutaning sotib olish kuchi: So'm vs. Dollar Ko Valyutaning sotib olish kuchi: So'm vs. Dollar

Ko'pchilikka ma'lumki, dollarning so'mga nisbatan kursi doimiy o'sib kelmoqda. Valyuta kursidagi o'zgarishni taqqoslash uchun, 2017-yil, sentabrda (valyuta siyosatidan so'ng): $1 = 8,000 so'm bo'lgan bo'lsa; 2023-yil, sentabrda: $1 = 12,000 so'mdan balandroq. Ya'ni, so'nggi 6 yilda so'm dollarga nisbatan 50% qadrsizlangan. 

🚩 Shuning uchun ham, ko'pchilik jamg'armasini AQSh dollarida saqlashni afzal ko'radi. Lekin, dollar ham o'zining sotib olish kuchini yo'qotib kelayotganini bilasizmi? Huddi yuqoridagi 2017-2023-yillar misolida ko'rganda, 2017-yilda $1,000 bilan sotib olish mumkin bo'lgan narsani hozir $1,252 bilan sotib olish mumkin (3-grafik). Ya'ni, dollar ham o'zining "real qiymatini" yo'qotadi.

Valyutaning sotib olish kuchi deganda, valyutaning bir birligi bilan qancha miqdorda mahsulot yoki xizmatni sotib olish mumkinligi tushuniladi. Masalan, 2-rasmda ko'rsatilganidek, 1944-yilda, $1 bilan 20 ta Coca Cola ichimligi sotib olish mumkin bo'lgan bo'lsa, hozir $1 bilan 1 tagina McDonald's kofesini sotib olish mumkin (AQShda). 

💸 Valyuta o'zining sotib olish kuchini yo'qotishi nafaqat AQSh dollarida, balki ko'plab boshqa valyutalarda ham kuzatiladi. Xulosa qilib aytganda, mablag'ingizni uzoq muddat naqd pulda saqlaydigan bo'lsangiz, xoh dollar bo'lsin, xoh yevro vaqt o'tishi bilan qadrsizlanib boraveradi.

Sizningcha, uzoq muddatda mablag'ni nimada (qaysi aktivda) saqlash kerak?

↗️ @uplift.uz
Intizom va fokus... Har kuni yaxshilanib borish u Intizom va fokus...

Har kuni yaxshilanib borish uchun juda ko'p vaqt ketmaydi. 
Misol uchun, biror tashkilotda ishlasangiz, kunlik 24 soat vaqtingiz o'rtacha quyidagicha taqsimlanishi mumkin:
9 soat – ishlash va ishga borib-kelish
8 soat – uxlash
1 soat – ovqatlanish
1 soat – uy ishlari
1 soat – oila va dam olish
1 soat – boshqa
3 soat – ???

Kimdadir qaysidir qismi biroz kam/ko'p bo'lishi mumkin. Lekin o'rtacha olganda, kishi 1 kunda 3-4 soat vaqtini shaxsiy, moliyaviy, ilmiy yaxshilanib borishi uchun ajrata oladi. Lekin bekorchi narsalarga chalg'imasdan, doimiy yaxshilanib borish uchun juda noyob bo'lgan 2 ta xislat kerak: intizom va fokus.

Ba'zi hollarda, kunduzi o'qib kechasi ishlash, ertalabdan tungacha yoki 2ta ishda ketma-ket ishlashga ham to'g'ri keladi. Bular ko'p hollarda vaqtincha bo'ladi va yuqorida o'rtachaga nisbatan yozildi.

↗️ @uplift.uz
O'zingiz kech o'rgangan foydali narsani (ilmni) fa O'zingiz kech o'rgangan foydali narsani (ilmni) farzandingizga erta o'rgating.

↗️  @uplift.uz

.
.
.
.
.
.
.
.
#halol #investitsiya #investing #stocks #aksiya #treyding #trading #islommoliyasi #trader #treyder #moliya #uz #uzbekvideo #tashkent #uzbekistan #birja #moliyabozori #moliyaviy #bozor #biznes #trend #trending #pul #upliftuz
Shaxsiy moliyada ko'p yo'l qo'yiladigan xatolar .. Shaxsiy moliyada ko'p yo'l qo'yiladigan xatolar
...
#3. Ayrimlar biror narsa sotib olishda, o'sha narsa zaruriyat uchunligi emas, balki shunchaki sotib olishga puli borligi uchun sotib oladi. Masalan, uyida 5 ta yaxshi oyoq kiyimi bor va 6-si zarur bo'lmasada, puli yetgani uchun sotib oladi. Vaholanki, 2 ta oyoq kiyim bilan cheklanib, qolgan 4 tasining pulini jamg'arib qolsa bo'ladi. 

Hayotimizda bunday misollardan ko'plab topish mumkin. Va bularni yuqoridagi kabi fikrlab jamg'arib qolinsa ham yaxshigina pul bo'lib qoladi. Iste'molchi kabi fikrlashdan investor kabi fikrlashga o'tish kerak. Shunda boshqalarni emas, o'zingizni boy qilishni boshlaysiz.
... (davomi bor)

Siz bu narsaga e'tibor berasizmi?

↗️  @uplift.uz
W. Buffettdan muhim moliyaviy maslahatlar PUL TOP W. Buffettdan muhim moliyaviy maslahatlar

PUL TOPISH HAQIDA: 
Hech qachon yagona daromadga bog'lanib qolmang. Ikkinchi manbani yaratish uchun investitsiya qiling.

PULNI JAMG'ARISH HAQIDA:
Xarajatlardan qolganini jamg'armang, jamg'armadan qolganini xarajat qiling.

PULNI SARFLASH HAQIDA:
Sizga zarur bo'lmagan narsalarni sotib olaversangiz, tez orada sizga zarur bo'lgan narsalarni sotishingizga to'g'ri keladi.

RISK QILISH HAQIDA:
Daryoning chuqurligini ikki oyog'ingiz bilan o'lchamang.

INVESTITSIYA HAQIDA:
Siz qila oladigan eng muhim investitsiya bu o'zingizga qiladigan investitsiyadir.

↗️  @uplift.uz

.
.
.
.
.
.
.
.
#halol #investitsiya #investing #stocks #aksiya #treyding #trading #islommoliyasi #trader #treyder #moliya #uz #uzbekvideo #tashkent #uzbekistan #birja #moliyabozori #moliyaviy #bozor #biznes #trend #trending #pul #upliftuz
50-30-20 qoidasi va shaxsiy byudjetni rejalashtiri 50-30-20 qoidasi va shaxsiy byudjetni rejalashtirish

50-30-20 qoidasi haqida ko'pchilik eshitgan bo'lsa kerak. Bilmaganlar uchun qisqacha aytganda, bu shaxsiy byudjet uchun mashhur qoida bo'lib, daromadni 3 guruhga ajratish kerakligini ifodalaydi. Bular: 1) ehtiyoj – yashash uchun zarur bo'lgan birlamchi xarajatlar; 2) istak-xohish – juda zarur bo'lmagan narsa va faoliyatlarga qilinadigan ikkilamchi xarajatlar; 3) jamg'arma – turli vaziyatlarda kerak bo'ladigan va mablag'ni ko'paytirishga ajratiladigan qism.

Byudjetni rejalashtirishda, 50-30-20 qoidasiga o'xshash bir necha yondashuvlar bor. Masalan, 70(ehtiyoj)-20(jamg'arma)-10(istak-xohish) yoki 80(ehtiyoj va istak-xohish)-20(jamg'arma/investitsiya) yoki 1-o'rinda jamg'arma/investitsiyaga ajratib qolgan qismini xarajatlarga yetkazish.

Har bir kishi o'zining shaxsiy (va oilaviy) byudjetini yuqorida aytib o'tilgan 3 guruhga ajratib rejalashtirishi tavsiya qilinadi. Lekin taqsimotni kishi o'zining holatidan kelib chiqib belgilashi kerak. Ya'ni, kimlardadir ko'p qarzi bo'lsa, ehtiyojlardan qolganining ko'proq qismini qarzni uzishga sarflashi yoki hozirda xarajatlari ko'p bo'lmaganlar daromadining asosiy qismini jamg'armaga yo'naltirishi mumkin. Muhimi, pullaringizni samarali boshqarish va moliyaviy maqsadlaringizga erishish uchun o'zingizga byudjet yaratib olishingiz zarur. Agar hali yaratmagan bo'lsangiz, o'tgan oylardagi daromad-xarajatlaringizni tahlil qiling va 3 ta guruhga qanday taqsimlanayotganini tekshiring. Va keyin, kelgusidagi moliyaviy maqsadlaringizni belgilab shunga mos byudjet yaratib amal qiling.

↗️  @uplift.uz
.
.
.
.
.
#halol #investitsiya #investing #stocks #aksiya #treyding #trading #islommoliyasi #javlonota #trader #treyder #moliya #uz #uzbekvideo #tashkent #uzbekistan #birja #moliyabozori #biznes #trend #trending #pul #fargona #andijon #samarkand #kitob #bilim
Instagramda kuzatish
×
×

Cart